» Shohjahon Jo'rayev - Atirgulim atringni soch

Shohjahon Jo'rayev - Atirgulim atringni soch

Скачать песню Shohjahon Jo'rayev - Atirgulim atringni soch в mp3 и слушать онлайн бесплатно
  • Исполнитель: Shohjahon Jo'rayev
  • Песня: Atirgulim atringni soch
  • Размер файла: 10.89 МБ
  • Длительность: 4:43
  • Качество: 44100 Hz, 320 kbps, 16 bit, Stereo
  • Дата релиза: 10 январь 2021
  • Кол-во скачиваний: 9 раз(а)
Слушать
Shohjahon Jo'rayev - Atirgulim atringni soch
Скачать
Shohjahon Jo'rayev - Atirgulim atringni soch
Текст песни Shohjahon Jo'rayev - Atirgulim atringni soch
Atirgulim, atringni soch,
Mayli tikan xoring bo`lay,
Ko`z tegmasin bo`yingga deb,
Tilovchi zor-zoring bo`lay.

Mayli bo`lay ko`zmunchog`ing,
Bo`yningda tumoring bo`lay,
Yiroq ketma, ketsang agar,
Yo`lingda sardoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x3)

Yig`lamagin, yig`latmagin,
Dunyoda yolg`iz o`tmagin,
Sevdim deya kuylay yonib,
Hargiz meni bo`zlatmagin.

Har dam yoningda o`lturay,
Ket deb sira ham aytmagin,
Ko`zlar yonib, yuzlar qizib,
Aytgan so`zingdin qaytmagin.

Bog`la bo`yningga qo`llarim,
Mayliga zunnoring bo`lay,
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x2)

Mayli deyin, axtarsinlar,
Sendek go`zal dunyoda yo`q.
Qoshlar qalam, ko`zlar suzuk,
Lablar asal dunyoda yo`q.

Sensiz jahonning o`zi yo`q,
She`ru g`azal dunyoda yo`q.
Kelgin davo ber dardima,
Mendek kasal dunyoda yo`q.

Dunyoga teng husning uchun
Yolg`iz xaridoring bo`lay.
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.

Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay. (x2)

Sochingda qasding bormidi,
Janon kesibsan ostidan?
Tuproqqa ketdi to`lg`anib,
G`addor qaychining dastidan.

Erkakcha qirtishlab uni,
Ro`ymol yulindi ustidan,
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan.

Erkakcha tekislab uni,
Ro`ymol yulindi ustidan,
Nozik beling bo`ldi judo
Qirqta haqiqiy do`stidan.

Soch o`rnida endi o`zim
Mayliga dastoring bo`lay,
Boring bo`lay, yo`g`ing bo`lay,
Yoningdagi yoring bo`lay.
Смотреть клип Shohjahon Jo'rayev - Atirgulim atringni soch